Dilrabo Baxronova

Dilrabo Baxronova (1973, Buxoro) – tilshunos, filologiya fanlari doktori, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik va olam manzarasi masalalari bo’yicha mutaxassis. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri.

Hero image

EZGU FIKR, EZGU SO‘Z, EZGU AMAL!

find-matching-job

      O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini 1995-yil ispan va rus tillari va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005-2015-yillar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, 2015-2017-yillar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti; 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi dotsenti; 2020-2021-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti; 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri. 2014-yilda Kastilla la Mancha universitetida, 2019-yilda San Sebastian universitetida, 2023-yilda Meksika davlat universitetlarida malaka oshirgan. 2011-yildan buyon Yevropa Ittifoqi ispan tili o‘qituvchilari assosiyatsiyasi (AEPЕ) a’zosi va Assosiyatsiya kongresslari ma’ruzachisi (2011, 2012, 2014, 2016, 2019). QS Ranking top universitys reytingida 93-o‘rinda turuvchi Universidad Nacional Autónoma de México (UNAM) universitetida tashkil etilgan Xalqaro Simpozium asosiy ma’ruzachisi (https://cpa.cepe.unam.mx/simposio/). Shuningdek, Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universiteti, Ispaniyaning University of Jaén, University of Castilla La-Mancha, Hindistonning Kalinga Institute of Industrial Technology (KIIT) kabi jahonning yetakchi universitetlari takliflariga binoan qator seminar va konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan.

personal-growth

      Tilshunoslik nazariyasi, lingvokulturologiya, kognitivistika, lingvogeraldika, etimologiya, tarjimashunoslik masalalari. 200 dan ortiq ilmiy maqola, 4 ta o’quv qo’llanma, 5 ta darslik va 3 ta monografiya muallifi. Scopus, Web of Sciense, Springer, Taylor & Francis kabi bazalarga kiruvchi konferensiya to’plamlarida va jurnallarda, kitoblarda maqolalari chop etilgan. Ruben Dario, Xorxe Luis Borxes, Anna Mariya Matute, Orasio Kiroga kabi jahon tanigan adiblarning asarlaridan tarjimalari matbuotda e’lon qilingan. 2019-yildan buyon chop etilayotgan Salamanka universiteti nashrlarida o‘zbek tilining ham munosib o‘rin olishiga o‘z hissasini qo‘shib tarjimalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda.
      Ruben Dario, Xorxe Luis Borxes, Anna Mariya Matute, Orasio Kiroga, San Juan de la Cruz, Xose Millas, David Ávila kabi jahon tanigan adiblarning asarlaridan tarjimalari matbuotda e’lon qilingan.
      2019-yildan buyon chop etilayotgan Salamanka universiteti antologiyasida o‘zbek tilining ham munosib o‘rin olishiga o‘z hissasini qo‘shgan va tarjimalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda.

Asosiy ilmiy ishlar

  • Baxronova D.K. Literatura comparada (Qiyosiy adabiyotshunoslik). – Toshkent: “Turon”, 2019. – 175 b.
  • Baxronova D.K. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Leksikologiya). Hammuallif: G.Toirova. – Buxoro, 2023. – 140 b.
  • Baxronova D.K. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Leksikologiya). Hammuallif: G.Toirova. (Brayl yozuvida). – Buxoro, 2023.
  • Baxronova D.K. El turismo en Uzbekistán (O‘lkashunoslik). Hammualliflar: R.Turdiqulova, O‘.Burxonov. – Toshkent: O‘zDJTU nashriyoti, 2023. – 232 b.
  • Baxronova D.K. Lectura (Badiiy o‘qish). Hammuallif: M.To‘ychiyeva. – Toshkent: O‘zDJTU nashriyoti, 2024. – 200 b.
  • Baxronova D.K. Roman-german filologiyasiga kirish. Hammualliflar: A.F.Shamaxmudova, O.V.Mamontova. – Toshkent: O‘zDJTU nashriyoti, 2024. – 190 b.
  • Baxronova D.K. English for future food technologists. Hammuallif: Jo‘rayeva B.N. – Termez: O‘zDJTU nashriyoti, 2024. – 180 b.
  • Baxronova D. va boshqalar. Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti (Literatura española). – Toshkent, 2024. – 280 b.
  • Baxronova D.K., S. Abduraimov The Influence of the National-Cultural Image of the World on the Construction of Metaphors in the Poetic Discourse. Link
  • Baxronova D.K., Digital and Innovative Education During the COVID-19 Pandemic: Uzbekistan. Link
  • Baxronova D.K., Mishra D. Activity-Based Learning: An Analysis to Teach Learners Using Online Methodologies. Link
  • Baxronova D.K., Omonov Q.Sh. Cognitive-Semantic Analysis of Words and Phrases in Translated Texts: Exploring Linguistic Issues in Teaching and Learning. International scientific Scopus conference, 2023, Shanxay.
  • Baxronova D., Radjabova H. Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminlarida ko‘p ma’nolilik, sinonimiya va omonimiya hodisasi. International scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2023, No 5 (52), Link 7-22.
  • Baxronova D., Bekpulatov H. Amaliy tilshunoslik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyalashuvi: mashina tarjimasi. Harbiy ta’lim va fanda innovatsiyalar// 203 1(16)б 139-144
  • Baxronova D., Bekpulatov H. Til, og‘zaki va yozma nutqning akt bilan bog‘liqligi: ijtimoiy-madaniy perspektiva. ORIENS, 2023. Link 517-525
  • Baxronova D., Burxonov U. O‘zbek va ispan tillariga o‘zlashgan arabizmlarning lingvistik-etimologik xususiyatlari. “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnali, 2023, №1(48). Link B. 65-75.
  • Бахронова Д.К. Олам манзараси шаклланишида миллий тафаккур, меъёр ва стереотиплар. ҚарДУ хабарлари, 2023, - №2 – 67-71.
  • Бахронова Д.К. Лингвистические особенности авторской позиции. Вестник «Украинска мова», 2022, №5(02). – C. 176-184.
  • Бахронова Д.К., Турамуратова И. Ключевые категории и эквивалентности перевода. Вестник «Украинска мова», 2021. – №1(09).
  • Bakhronova D., Dadaboyev H. La formación lingüística de los términos de defensa y de ingeniería en la lengua uzbeka. Religación. Revista de Ciencias Sociales y Humanidades. 2021/12/3. Link
  • Baxronova D.K. Antropozomorfizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. – 105 b.
  • Baxronova D.K. Olam manzarasining milliy-madaniy va lingvokognitiv katеgoriyalanishi. – Toshkent: “Turon”, 2022. – 280 b.
  • Baxronova D.K. Olаm mаnzаrаsi: til, tafakkur vа madaniyat. – Monografiya, GlobeEdit, 2023. – 212 b.
  • Bakhronova D. Diccionario español-uzbeko. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2011.
  • Bakhronova D. Diccionario español-uzbeko. To‘ldirilgan qayta nashr. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2021.

Halovalar

Yutuqlar

  • Tarjima bo ‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-darajali Diplom sohibi
  • O‘zR Mudofaa vazirining tarjima ishlarida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Tashakkurnomasi va Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan
  • AEPE (Yevropa ispan tili o‘qituvchilari assosiyatsiyasi) o‘tkazgan Kongreslar grantining 4 marta g‘olibi va ma’ruzachisi (Ispaniya)
  • UNAM (Universidad Nacional Autónoma de México) Simpoziumi granti sohibi va ma’ruzachisi (Meksika)
  • Ruy Gonzalez de Clavijoning Amir Temur haqida esdaliklari kitobini tarjima qilish bo‘yicha Grant sohibi (hammualliflikda) (Ispaniya)
  • Ispan tilini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Ispaniya elchixonasi Tashakkurnomasi
  • Meksika davlat avtonom universitetida Xizmat ko‘rsatgan professor sertifikati
  • Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi va MDH davlatlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola” konkursi g‘olibi va ko‘krak nishoni sohibi
  • Yoshlar ishlari agentligi, Ibrat farzandlari loyihasida “Día de Hispanidad” tadbiri tashkilothcisi va sertifikat bilan taqdirlangan
  • Yoshlar ishlari agentligi va “Yosh olima” loyihasi doirasida uchrashuvlarda ma’ruza qilgan va Tashakkurnoma bilan taqdirlangan
  • Ko‘plab milliy va xorijiy ilmiy jurnallar tahririyati a’zosi, bosh muharriri